Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ole-Gunnar Sulsher: «MYU» chempionlik kurashidan unchalik uzoq emas»

Ole-Gunnar Sulsher: «MYU» chempionlik kurashidan unchalik uzoq emas»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘z jamoasi saviyasi haqida fikr bildirdi.

«So‘nggi ikki mavsumda «Manchester Siti» va «Liverpul» chempionatda g‘alaba qozonish uchun yangi standartlarni o‘rnatishdi. Biz joriy mavsum davomida o‘sishga erishyapmiz. Biz 11tadan o‘yindan mag‘lubiyatsiz seriyani amalga oshirdik.

Agar bu tarkibga Pol Pogba va Markus Reshfordni qo‘shsak, o‘ylab qolaman: «Demak, biz chempionlik kurashidan u qadar uzoqda emasmiz. Tarkibdan qoniqish hosil qilyapman. Agar yaxshi transferlarni amalga oshirsak, nazarimda, u qadar ko‘p pul sarflamasak kerak. Lekin tarkibimiz ajoyib. Biz to‘g‘ri yo‘nalishdan ketyapmiz.

Hozircha esa APLda g‘oliblik uchun kurashadigan darajaga chiqmadik. Lekin biz bosqichma-bosqich harakatlanyapmiz. Umid qilaman, joriy mavsumda biz Angliya kubogi va Yevropa ligasi g‘olibligi uchun hamda APLda kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash olib boramiz.

So‘nggi 12ta o‘yinda biz 3ta gol o‘tkazib yubordik va jamoa saviyada yana va yana yaxshi o‘ynayapmiz. Bizni taslim etish qiyin. Gol urish uchun bizda yetarli xislatlar bor», – dedi Sulsher.
Manba: sports.ru

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *