Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi “Barselona” safida yana bir yubiley natijani qayd etdi

Lionel Messi “Barselona” safida yana bir yubiley natijani qayd etdi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Atletik”ka qarshi kechgan bahsda (1:0) katalon klubi safida o‘zining 250-golli uzatmasini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda ESPN.
“Ko‘k-anorranglilar” Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida o‘z maydonida “Atletik”ni qabul qilib, 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada kiritildi. Messining uzatgan to‘pini Ivan Rakitich darvozaga joylab qo‘ydi.
Ushbu mavsumda Messi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 15 ta golga assistentlik qildi.
“Barselona” ushbu g‘alabadan keyin 68 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida “Real”ni uch ochkoga ortda qolib, peshqadamga aylanib oldi. “Real” 31-tur o‘yinini “Malyorka”ga qarshi o‘tkazadi.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *