Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» sobiq hujumchisi Mbappe va Reshford orasidagi farqni aytdi

«MYU» sobiq hujumchisi Mbappe va Reshford orasidagi farqni aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq forvardi Lui Saa «MYU» hujumchisi Markus Reshford va «PSJ» goleadori Kilian Mbappeni o‘zaro taqqosladi. 
«Mbappe va Reshford mahorat bobida bir xil darajadami? Xuddi shunday. Ularning ikkisi ham juda tezkor, 2-3 nafar raqiblar orasidan chiqib keta olishadi - dribling va texnikasi yuqori darajada. Iqtidor va mahorat bobida ularning darajasi teng. 
Mbappening omadi shundaki, u «PSJ» kuchli va barqaror jamoaga aylanganida tarkibning yetakchilaridan biri bo‘ldi va katta o‘sishga erishdi. Reshford ham so‘nggi yillarda har tomonlama rivojlanishga erishgan bo‘lsa-da, bu davr «Manchester Yunayted»dagi o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri kelib qolganligi sababli Markus hali katta yutuqlarga erisha olgani yo‘q. Aminmanki, Mbappe Fransiyaning yetakchisiga aylangani kabi Reshford ham Angliya milliy jamoasining asosiy to‘purariga aylana oladi», - deydi fransiyalik sobiq hujumchi Lui Saa France Football nashriga.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Mbappe Fransiya chempionatidagi 20 o‘yinda 18ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, Reshford Angliya Premer-ligasida hozircha 23 uchrashuvda 14 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.


119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *