Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ klubning 4 nafar vakilida koronavirus aniqlanganini e’lon qildi

PSJ klubning 4 nafar vakilida koronavirus aniqlanganini e’lon qildi

Автор: admin

PSJ mashg‘ulotlarni boshlash arafasida jamoada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq to‘rtta holat aniqlanganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, jamoaning uch nafar o‘yinchisi va murabbiylar shtabining bir vakilida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.
“Bemorlarda infeksiya alomatlari aniqlanganida, ular bir-birlari bilan muloqot qilmagan va o‘zini o‘zi yakkalash rejimida bo‘lgan. Hozirda ularda hech qanday kasallik yo‘q va mashg‘ulotlarni qayta boshlashi mumkin”, — deyiladi Parij klubining bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiya chempionatining 2019/2020-yilgi mavsumi muddatidan oldin yakunlandi. Unda PSJ mamlakat chempioni deb tan olingan. Fransiya chempionatining yangi mavsumi boshlanishi esa 22-avgust sanasiga belgilangan.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *