Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Samolyot halokati oqibatida vafot etgan Emiliano Sala “Nant”ning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilari reytingidan joy oldi

Samolyot halokati oqibatida vafot etgan Emiliano Sala “Nant”ning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilari reytingidan joy oldi

Автор: admin

Aviahalokatda vafot etgan argentinalik hujumchi Emiliano Sala “Nant”ning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi 10 nafar futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Fransuz klubining 99 foiz muxlislari Sala uchun ovoz berdi. U 2015—2019-yillarda “Nant” sharafini himoya qilgan. Klub safida 133 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Sala 2019-yilgi qishki transferlar oynasida “Nant”dan “Kardiff Siti”ga o‘tadi. 21-yanvar kuni kechqurun hujumchi shaxsiy samolyotda Uelsga uchib ketadi, biroq qo‘nishga bir soat qolganida samolyot radarlar kuzatuvidan g‘oyib bo‘ladi. Keyinchalik qidiruv guruhi La-Mansh kanalining pastki qismidan samolyot va Salaning jasadini topadi. Biroq uchuvchining jasadi topilmaydi.
205   
Добавить комментарий
Ваше имя: *