Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “U haqida yozmang, unga ta’rif bermang. Shunchaki uning o‘yinini tomosha qiling”. Dunyo futbol yulduzlari 33 yoshni qarshi olgan Lionel Messi haqida

“U haqida yozmang, unga ta’rif bermang. Shunchaki uning o‘yinini tomosha qiling”. Dunyo futbol yulduzlari 33 yoshni qarshi olgan Lionel Messi haqida

Автор: admin

Dunyoning eng yaxshi futbolchilari haqida qayerda gap ochilmasin, albatta, futbol muxlislari kamida ikkita nomni alohida tilga olib o‘tadi. Ularni tilga olmaslikning ilojisi yo‘q. Boisi ular o‘z o‘yinlari bilan shu darajaga yetishga muvaffaq bo‘ldi. Qayerda bo‘lmasin, o‘z nomlarini tilga olishga to‘g‘ri ma’noda majbur qila oladigan natijalarni qayd etishdi. Cho‘qqiga chiqish oson emas, ammo o‘sha cho‘qqini so‘nggi 10 yil davomida o‘ziniki qilishdek katta vazifani ham ular uddalab kelmoqda. 24-iyun — ana shu cho‘qqining sohiblaridan biri Lionel Messi o‘zining 33 yoshini qarshi oldi.
Messi haqida soatlab, oylab gapirish mumkin. Hali yillar davomida u haqida gapiriladi. Ammo hozir uning rekordlari, natijalari va sovrinlar haqida uzundan uzun hikoya qilish niyatida emasmiz. Aksincha Leo haqida uning hamkasblari tomonidan bildirilgan eng sara iqtiboslarni taqdim etish maqsadga muvofiq deb bilamiz.
“Birgina Messining o‘zi “Real”ning (Ronaldu, Beyl, Benzema — “Daryo”) uchligidan ko‘proq muammo tug‘diradi”.
Diyego Simeone
“Ko‘pchilik UEFA taqdirlash marosimida u bilan kulib gaplashganimga hayron bo‘ldi. Bizning do‘st emasligimiz aniq. Lekin men Messiga raqib sifatida emas, aksincha, yanada yaxshiroq bo‘lishimga sababchi bo‘layotgan inson sifati qarayman. O‘z navbatida uning o‘sishiga esa men sababchiman”.
Krishtianu Ronaldu
“Messi bilan birga o‘ynash – aqlbovar qilmas darajada zavqli. U nafaqat, so‘nggi 15 yillikning eng yaxshi o‘yinchisi balki, barcha davrlarning eng zo‘ri”.
Ivan Rakitich
“Messi – eng zo‘ri. Bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bo‘lishi kerak, chunki Messi biz uchun haddan ziyod yaxshi. Yoki aksincha, biz u uchun haddan ziyod kuchsizmiz”.
Yurgen Klopp
“Messiga o‘ng oyoq kerak emas. Shu bilan ham u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Tasavvur qilib ko‘ring, agar u ikkinchi oyog‘idan ham shunday foydalanganida nima bo‘lardi”.
Zlatan Ibragimovich
“U faqat oldinga qarab yuradi. U hech qachon to‘pni oldinga yoki yon tomonga uzatmaydi. Unda faqat bitta fikr – o‘z maqsadiga erishish bor. Shunday ekan, muxlis sifatida uning o‘yinidan zavqlaning.”
Zinedin Zidan
“ “Barselona” hali ‘Messi Barselonasi’ deb yodga olinadi. U – men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi. Axir, u o‘zga sayyoralik-ku”.
Karles Puyol
“Ochig‘ini aytsam, men uni odamga o‘xshatmayman”.
Luis Enrike
“Messi – bu klass. Futbolda u va boshqalar bor. U qilayotgan ishlar aqlga sig‘maydi”.
Frank Riberi
“Hayotda 3-4 ta muhim narsa bor: kitoblar, do‘stlar, ayollar... va Messi”.
Antoniu Lobu Antunesh
“Men hech qachon Messiga o‘xshaganini ko‘rmaganman. U – Xudo yaratgan mo‘jiza”.
Arda Turan
“Messining boshqalardan ustun ekani tushunarli. Kimdir buni ko‘rmayotgan bo‘lsa, demak uning ko‘zida muammolar bor”.
Xavi
“Messi – haqiqiy futbolchi. U xuddi PlayStation’dagidek harakat qiladi”.
Radamel Falkao
“Messining o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlaydi”.
Luish Figu
“U haqida yozmang, unga ta’rif bermang. Shunchaki, uning o‘yinini tomosha qiling”.
Pep Gvardiola
“Messi – futbol olami uchun bebaho ne’matdir. Chunki u butun dunyo bolalariga o‘rnak bo‘la oladi. U tengsiz”.
Yoxan Kroyf
“Messi erishgan yutuqlar g‘ayrioddiy hodisa. U – favqulodda iqtidor egasi. U yoshligidan Zidan, Maradona, Kroyf va Pele darajasida o‘ynagan”.
Yupp Haynkes
“Mening farzandlarim Messini judayam yaxshi ko‘radi. Faoliyatimni tugatib, u bilan birga o‘ynaganimni eslash yoqimli bo‘ladi. Men uchun eng zo‘ri Messi bo‘lib qolaveradi”.
Jon Terri
“Messi – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Bu bilan Ronalduni yomon demoqchi emasman, u ham aql bovar qilmas darajadagi futbolchi. Ammo Messi – xuddi boshqa sayyoradan kelgandek. Bir yilda 90 ta gol urgan o‘yinchi oddiy odam bo‘lishi mumkin emas. Buni faqat PlayStation’da qilish mumkin”.
Jennaro Gattuzo
“Messining ajoyib oyoqlari bor. Uning o‘yiniga qarab, qanchalar rasvo o‘yinchi bo‘lganimni tushunaman”.
Gari Lineker
“Messi xuddi PlayStation’dagi personajga o‘xshaydi. U sizning istalgan xatoyingizdan foydalanishi mumkin. U imkonsiz narsalarni amalga oshirmoqda. Unda o‘ziga xos nimadir bor”.
Arsen Venger
“Messi deyarli erishib bo‘lmaydigan natijalarga erishdi. Kimdir uning natijalarini takrorlay olishiga shubham bor. Tan olish lozim, Messi – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi.”
Janluiji Buffon
“Messining o‘yinini ko‘rib: u har yili “Oltin to‘p”ni olishi kerak deb o‘ylayman. Men uchun u Krishtianu Ronaldudan kuchliroq. Uning maydondagi xatti-harakatlari bolalar uchun ibratdir”.
Paolo Maldini
“Messi – haqiqiy daho. Unda hamma narsa bor. U maydonni yaxshi ko‘radi, chap oyoqda Maradona singari o‘ynaydi. Bundan tashqari, u haqiqiy jentlmen. Men hech qachon Messi haqida yomon gap eshitmaganman”.
Frans Bekkenbauer
363   
Добавить комментарий
Ваше имя: *