Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Serxio Ramos: «Go‘yoki, «Real» peshqadamlik uchun hakamlardan minnatdor bo‘lishi kerakdek»

Serxio Ramos: «Go‘yoki, «Real» peshqadamlik uchun hakamlardan minnatdor bo‘lishi kerakdek»

Автор: admin

«Real» himoyachisi Serxio Ramos «Malorka» (2:0) bilan g‘alabali o‘yindan keyin Jerar Pikening tanqidiga javob berdi. «Barselona» himoyachisi hakamlar qaror chiqarishda Madrid jamoasiga yon bosayotganiga sha’ma qilgandi.
«Atrofimizda bunday gap-so‘zlar bo‘lishi tabiiy. Hammasi ayni damda peshqadam ekanligimizdan. Bungacha biz haqimizda deyarli gapirishmasdi.  
Hakamlarning qaysidir jamoa foydasiga xizmat qilayotgani haqidagi gaplarga qo‘shilmayman. Hozirgi gaplardan go‘yoki, peshqadamlik qilayotganimiz uchun hakamlardan minnatdor bo‘lishimiz kerakdek taassurot uyg‘onayapti. Odamlar to‘qima gaplarni o‘ylab topishni bas qilishi kerak. 
Gollarim – yillar davomidagi ter to‘kilgan mehnat samarasi, barqarorligim uchun mukofotdir. O‘z o‘yinimdan qoniqayapman. 
Har uch kunda maydonga tushayotganimiz bois, bugun biroz charchab qolganimiz sezildi. Chempionatning eng muhim pallasi hali oldinda, biz g‘alabali yurishni davom ettirishimiz shart», - deydi «Real» sardori.


131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *