Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Obameyangga qiziqmoqda

«Yuventus» Obameyangga qiziqmoqda

Автор: admin

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Le10Sport’ning xabar berishicha, gabonlik forvardga «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Turin klubi rahbariyati jamoani tark etishi kutilayotgan Gonsalo Iguain o‘rniga Obameyangni taklif etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Oldinroq, 30 yoshli hujumchiga «Barselona», «Real», «Inter» va «Pari Sen-Jermen» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgandi.
Per-Emerikning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyun kuniga qadar belgilangan. Tomonlar yangi kelishuv borasida bir to‘xtamga kela olganicha yo‘q.
Obameyang APL joriy mavsumida 26 uchrashuvda 17ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, Yevropa ligasidagi 6 o‘yinda o‘z nomiga 3ta golni yozib qo‘ygan.


101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *