Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Hakamlik haqida hech narsa demayman, hammasini Ramos aytib bo‘ldi»

Zidan: «Hakamlik haqida hech narsa demayman, hammasini Ramos aytib bo‘ldi»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan hakamlarning Madrid klubi foydasiga yordam berayotganligi haqidagi gaplarga javob qaytardi.
«Eng asosiysi uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Ramos jarima zarbasidan ajoyib golga mualliflik qildi. U mashg‘ulotlarda zarbalar ustida juda ko‘p ishlaydi. Serxio jamoa yetakchisi, hammani o‘z ortidan yetaklay oladigan sardor. 
Chempionlik kurashi? Shunisi aniqki, «Barselona» bilan kechadigan raqobat mavsumning oxirigacha davom etadi.
Hakamlar ishiga aralashmayman. Ularning qanday ishlayotgani haqidagi gap-so‘zlarga ham qo‘shilmayman. Bu haqda Ramos o‘z fikrini bildirgani yetadi. Biz dam olib, keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak», - deya Zidanning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Oldinroq, Serxio Ramos Pikening sha’masiga javoban «Real»ning peshqadamlik qilayotganiga hakamlarning yordami bo‘lmaganligi, odamlar to‘qima gaplarni kamroq gapirishlari kerakligi haqida aytib o‘tgandi.


119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *