Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real”ning “Barsa”dan o‘zib ketishiga sabab bo‘lgan 7 ta omil

“Real”ning “Barsa”dan o‘zib ketishiga sabab bo‘lgan 7 ta omil

Автор: admin

“Qirollik klubi” karantindan oldin amalga oshirgan xatosini to‘g‘irlab qo‘yishi uchun 10 kun kifoya qildi. Endilikda, klub azaliy raqibini turnir jadvalida quvib o‘tdi va chempionlik uchun qulay imkoniyat hosil qildi. Ayni damda, klub bir nechta omillar sababli maydonda ishonchli futbol namoyish etmoqda.

Kuchli raqobat
Tan olish lozim, “Real” klubi restartga fantastik tarzda tayyorgarlik ko‘rdi. Klub futbolchilarning jismoniy holatini to‘liq tayyorlash maqsadida Gregori Dyuponni yo‘lladi va u yigitlarni o‘z sport formasini tiklab olishida katta rol o‘ynadi. Ayniqsa, “Eybar”ga qarshi uchrashuvining ikkinchi bo‘limda “Real” o‘zining jismonan yetuk formada ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. Bundan tashqari, jamoa zaxira o‘rindig‘ining “uzunligi” ham qo‘l kelmoqda. Istalgan pozisiyada kuchli ijrochilarning borligi asosiy tarkib futbolchilari uchun qo‘shimcha dam olish imkonini yaratmoqda. Bu karantindan so‘ng, futbolga qaytgan klublar uchun juda muhim.

Zidan boshqaruvni o‘z qo‘liga oldi


Fransiyalik murabbiy o‘z kuchiga ishonishda davom etmoqda. Restartdan oldin “Betis” va “Levante”dan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyatlardan so‘ng, futbolchilar ham o‘z kuchiga ishonishni boshlamoqda. Yana o‘sha “Eybar” bilan o‘tgan uchrashuvni yodga olamiz. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, Zidan o‘sha kuni ruhan o‘z yigitlarini so‘nggi soniyalarga qadar qo‘llab-quvvatladi. Natija ham yakunda “qirollik klubi” foydasiga ishladi. O‘sha kuni nafaqat futbolchilar, balki murabbiy ham restartdan oldin yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘liq yopib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Iroda va effekt


Qayta tiklangan mavsumda Madrid klubi har bir pozisiyada balansni mukammal tarzda ushlab turibdi. Boz ustiga, futbolchilar ham maydonda 100 foiz kuch bilan harakat qilmoqda. Ayniqsa, himoyachilar bir necha yil avvalgi darajasini namoyish etayotgandek tuyulmoqda. Qanotlar va markaz o‘rtasidagi bog‘liklik ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birgalikda markaz ham hujumchilarni to‘liq to‘p bilan taminlashni uddalayapti. Natijalar ham ancha  yaxshilangan. Klub so‘nggi to‘rtta uchrashuvda raqib darvozasini 10 bor ishg‘ol qildi. Bu foydali harakatlarni golga aylantirish foizi ancha ko‘tarilganidan dalolat.

Eden Azar va Asensio


Azar va Asensio Zidan uchun kutilmagan sovg‘aga aylandi desak, adashmagan bo‘lamiz. Aslida, bu yigitlar uchun deyarli mavsum yakunlangan edi, biroq karantin ularga qo‘l keldi. Endi Azar ham Asensio ham Zidanning taktik sxemalarining rang-barang bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jarohatdan forig‘ bo‘lgan futbolchilar sekin-asta yetakchilikni o‘z qo‘liga olishni boshladi. Ayniqsa, belgiyalik vingerda ijobiy o‘zgarishlar mavjud. U moslashuv jarayonini to‘liq boshidan kechirgan ko‘rinadi. Asensio ham uzoq tanaffusdan so‘ng, gol kiritdi va hali klub uchun naf keltirishga qodir ekanligini yana bir isbotlab qo‘ydi.

Karim Benzemaning gollari

“Real” yana o‘ziga o‘xshashi uchun Karim Benzemaning gollari suv va havodek zarur edi. Fransuz kutilganidek, karantindan so‘ng gol kiritishni (3 ta gol) boshlab yubordi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Benzema yana o‘z optimal formasida va gol kiritishga ruhan tayyor. Mavsum boshida, Benzema vaziyatlardan foydalanish borasida oqsayotgan edi. Bugungi kunga kelib, u yana “qotil” rejimida to‘p tepmoqda. Bu omil “Real”ga mavsumning qolgan uchrashuvlarida qo‘l kelishi turgan gap.

Rotasiya

Zidan rotatsiyani hush ko‘ruvchi murabbiylar sirasiga kiradi. E’tiborlisi shundaki, jamoa Nacho, Yovich, Vaskes va Iskosiz qolgan bir paytda ham Zidan rotatsiyadan voz kechmayapti. Klubdan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Xamesning “Anoete” arenasida qanday o‘yin ko‘rsatganiga e’tibor qarating. Zidan qo‘rqmasdan yana Vinisiusni maydonga qaytardi. Umuman olganda, Zidan klub yoshlaridan ham asosiy jamoa uchun nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Tez orada, yangi nomlarni kashf etishi ham hech gap emas.

Yangi stadionga moslashuv


Aslida, “Santyago Bernabeu”dagi o‘yin o‘tkazishiga o‘rganib qolgan jamoa karantindan so‘ng “Alfredo Di Stefano” stadioniga ko‘chib o‘tdi. Quvonarlisi shundaki, “qirollik klubi” yangi stadion va yangi chimga tezda moslashib oldi. Bu mavsumning qolgan uchrashuvlarini ko‘tarinki kayfiyatda yakunlash uchun imkon yaratadi.

222   
Добавить комментарий
Ваше имя: *