Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» va «Barselona» Genduzi uchun kurashadi

«Real» va «Barselona» Genduzi uchun kurashadi

Автор: admin

«Arsenal» yarimhimoyachisi Matteo Genduzi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
The Sun xabariga ko‘ra, londonliklar 21 yoshli futbolchining xizmatidan voz kechishga tayyor. 
Qayd qilish joizki, Matteo APL doirasidagi «Brayton»ga (1:2) qarshi o‘yinda raqib futbolchilarini tinmasdan haqorat qilgan, bahs yakunlangach Nil Mopening tomog‘idan bo‘g‘gan edi. Uning bu qilig‘i «Arsenal» rahbariyatiga yoqmagan va futbolchini sotib yuborishga qaror qilingan. 
Genduzi uchun «Real» va «Barselona» kurash olib bormoqda.
Futbolchi 2018 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qiladi. Bu mavsumda Genduzi barcha musobaqalarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfer qiymati 40 mln yevroga teng.


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *