Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Yuventus” va “Manchester Yunayted” Raul Ximenes uchun kurashadi. Uning narxi 100 mln yevro

“Yuventus” va “Manchester Yunayted” Raul Ximenes uchun kurashadi. Uning narxi 100 mln yevro

Автор: admin

“Vulverhempton” klubi hujumchi Raul Ximenesni mavsum yakunida sotib yuborishga tayyor.
Sunday Times jurnalisti Dankan Kaslsning xabar qilishicha, “bo‘rilar” 29 yoshli meksikalik futbolchi uchun 100 million yevro so‘ramoqda.
Avvalroq futbolchiga “Yuventus” va “Manchester Yunayted”dan qiziqish borligi xabar qilingandi.
Ximenes joriy mavsum Angliya chempionatida 31 o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va oltita golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Vulverhempton” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan.
122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *