Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » «Borussiya» Mene bilan 4 yillik shartnoma imzolanganligini e’lon qildi

«Borussiya» Mene bilan 4 yillik shartnoma imzolanganligini e’lon qildi

Автор: admin

Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Toma Mene Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisiga aylandi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolangan. Toma Mene nemis klubiga erkin agent sifatida o‘tdi. Belgiyalik himoyachiga 24-raqam topshirilgan.
«Dortmundga katta maqsadlar bilan keldim. «PSJ»dagi faoliyatim singari «Borussiya» bilan ham sovrinlarga ega chiqishni istayman», - deydi Mene.
Ma’lumot uchun, Toma Mene Parij klubi safida to‘rt mavsum – 2016 yildan 2020 yilgacha faoliyat olib bordi.


93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *