Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Qo‘qon-1912» «Surxon»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 2-o‘ringa chiqib oldi

Superliga. «Qo‘qon-1912» «Surxon»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 2-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Superliga 6-turiga start bergan o‘yinda «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z uyida Termizning «Surxon» klubini mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida termizliklar himoyachisi Abduqahhor Xojiakbarovning qo‘pol xatosidan keyin yuzaga kelgan xavfli vaziyatni Filipp Rayevats golga aylantirgan bo‘lsa, 70-daqiqada yana bir himoyachi Vladimir Bubanyaning o‘ta qo‘pol xatosi va darvozabon bilan tushunmovchiligi mezbonlarning ikkinchi goli bilan yakunlandi – 2:0.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida esa Suhrob Berdiyev jarima to‘pidan chiroyli tarzda foydalanib, hisobni 3:0ga yetkazdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Baxtiyor Ashurmatov jamoasi ochkolari sonini 12taga yetkazib, hozircha turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. Bahrom Haydarov murabbiyligidagi «Surxon» esa 4 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
Superliga. 6-tur. 25 iyun. 
«Qo‘qon-1912» – «Surxon» - 3:0

Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Galeyev, Doniyor Saylavov, Alisher To‘xtasinov
Gollar: Filipp Rayevats 50, Murod Xolmuhammedov 70 penalti, Suhrob Berdiyev 90+4.
«Qo‘qon-1912»: 1.Botirali Ergashev, 3.Bobur Akbarov, 4.Sobit Sindarov, 7.Shohnazar Norbekov (19.Hamidullo Abduhamidov, 78), 9.Suhrob Berdiyev, 10.Quvondiq Ro‘ziyev (Yakubo Bamba, 88), 15.Oybek Rustamov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Rayevats (20.Iqboljon Malikjonov, 71), 70.Murod Xolmuhammedov.
«Surxon»: 1.Asilbek Amanov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Vladimir Bubanya, 7.Husniddin G‘ofurov (21.A’zamjon Aliyev, 68), 10.Shavkat Salomov (17.Sardor Sulaymonov, 81), 11.Aleksandr Kasyan (38.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 81), 19.Nuriddin Hasanov (8.Sherzod Karimov, 68), 20.Husniddin G‘ofurov 1997, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoyevich, 77.Asror G‘ofurov.


135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *