Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Rossiya Premer-ligasining yana bir klubida 6 nafar futbolchi koronavirus yuqtirib oldi

Rossiya Premer-ligasining yana bir klubida 6 nafar futbolchi koronavirus yuqtirib oldi

Автор: admin

Rossiyaning «Orenburg» klubi jamoa futbolchilari va xodimlarida koronavirus aniqlanganligini rasman e’lon qildi.
«Orenburg» klubida o‘tkazilgan navbatdagi test natijalariga ko‘ra, klubning 8 nafar a’zosi – 6 nafar futbolchi va 2 nafar xodimning koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi aniqlandi», - deyiladi klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Qayd etilishicha, 23-turdagi «Lokomotiv» — «Orenburg» o‘yini oldidan o‘tkazilgan barcha test natijalari manfiy chiqqan bo‘lgan.  
Ma’lumot uchun, «Orenburg» navbatdagi uchrashuvni 27 iyun kuni «Krasnodar»ga qarshi o‘tkazishi lozim. Krasnodarliklarning so‘nggi turdagi o‘yini ham «Dinamo» futbolchisida koronavirus aniqlangani bois, qoldirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Rostov», «Dinamo» va «Ufa» klublarida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi.


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *