Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Lokomotiv» qatorasiga uchinchi marta yutqazdi, bu safar «Bunyodkor»ga

Superliga. «Lokomotiv» qatorasiga uchinchi marta yutqazdi, bu safar «Bunyodkor»ga

Автор: admin

Superligada 6-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 
«Bunyodkor» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Selim Nurmuradov va Shahboz Erkinov hisobiga yozildi. Bu «temiryo‘lchilar»ning qatorasiga uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. 
Bu natijadan so‘ng, «Bunyodkor» 12 ochko bilan 3-o‘rinda, «Lokomotiv» esa 6 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. 
Superliga, 6-tur
25 iyun. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni, muxlislarsiz
«BUNYODKOR» – «LOKOMOTIV» 2:0
Gollar:
Selim Nurmuradov (19), Shahboz Erkinov (74)
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev. 
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov. 
«Bunyodkor»: Sarvar Karimov, Islomjon Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Jasurbek Jaloliddinov (Farrux Ikromov 58), Rasul Yo‘ldoshev (Anvar G‘ofurov 77), Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullayev, Selim Nurmuradov, Shahboz Erkinov (Humoyun Murtazoyev 77).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov, Davronbek Umirov (Kamron Saidazimov 66), Kaxi Maxaradze (Oybek Qilichev 78), Vadim Afonin, Kirill Pogrebnyak (Ibrohim G‘anixonov 66), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Davronbek Hoshimov, Dilshodjon Komilov (Farruxjon Ibrohimov 72), Shuhrat Muhammadiyev (Javohir Alijonov 78), Sherzod Fayziyev.
Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov, Davron Hoshimov, Islomjon Qobilov


133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *