Goal24.uz » Yevropa jamoalari » “Barselona” va “Yuventus” o‘zaro futbolchi almashish borasida kelishuvga erishdi

“Barselona” va “Yuventus” o‘zaro futbolchi almashish borasida kelishuvga erishdi

Автор: admin

“Barselona” yarim himoyachisi Artur tez orada “Yuventus” futbolchisiga aylanadi.
ESPN nashrining xabar qilishicha, tomonlar ushbu hafta muzokaralarda katta siljishga erishgan. Garchi Arturga yaqin manbalar hech narsa o‘zgarmaganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, “Yuventus” mazkur transferning amalga oshishiga ishonmoqda.
Qarama-qarshi yo‘nalishda turinliklar yarim himoyachisi Miralem Pyanich “Barselona”ga o‘tishi kutilmoqda. Klublar bu borada ham kelishuvga erishgan. Biroq transferlar alohida kelishuv asosida rasmiylashtiriladi.
“Yuventus” braziliyalik futbolchi uchun 60 million yevro to‘laydi. Pyanichning narxi esa undan biroz arzonroq bo‘ladi.
Artur Turinda “Barselona”dagiga qaraganda ko‘proq maosh oladi. Avvalroq futbolchining maoshi ikki barobar oshishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, “Yuventus” Artur transferi uchun 80 million yevro to‘lashi ham aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Artur Melo 2018-yilda “Gremio”dan katalonlar safiga o‘tgan. Jamoa uning transferiga 30 million yevro sarflagan. Joriy mavsum yarim himoyachi La Ligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, uchtadan gol va golli uzatmaga muallif bo‘ldi.
Bosniyalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda “Yuventus” safida A Seriyada 23 o‘yinda uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *