Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp Angliya chempioniga aylangan germaniyalik ilk murabbiyga aylandi. Uning sovrinlari 9taga yetdi

Klopp Angliya chempioniga aylangan germaniyalik ilk murabbiyga aylandi. Uning sovrinlari 9taga yetdi

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempioniga aylangan germaniyalik ilk murabbiyga aylandi. 
Bungacha hech bir nemis mutaxassisi Angliya Premer-ligasida g‘olib bo‘la olmagan. APL chempionligi 53 yoshli germaniyalik murabbiyning faoliyatidagi 9-sovrindir.
Oldinroq, Klopp «Borussiya» bosh murabbiyi sifatida ikki karra Germaniya chempioni (2011, 2012), Germaniya kubogi sohibi (2012) va Germaniya Superkubogi g‘olibiga (2013, 2014) aylangan. 
«Liverpul» klubida faoliyat boshlagach esa, to‘rtta turnirda zafar quchdi: Chempionlar ligasi (2018/19), UEFA Superkubogi (2019), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2019) va Angliya Premer-ligasi (2019/20).
Ma’lumot uchun, «Liverpul» klubi 30 yil o‘tib, Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Mersisaydlar so‘nggi marta 1990 yilda mamlakat chempioniga aylangandi.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *