Goal24.uz » O'zbekiston » Oston O‘runov: «Kelajakda «MYU», «Yuventus» yoki «Real»ga o‘tishni istayman»

Oston O‘runov: «Kelajakda «MYU», «Yuventus» yoki «Real»ga o‘tishni istayman»

Автор: admin

"Ufa"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Oston O‘runov o‘zining orzusi haqida fikr yuritdi.

"Ufa"ga o‘tishdan oldin menda Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklaridan ko‘p takliflar bor edi. Har kuni agentlar menga yozishardi va shartnoma taklif qilashar edi. Juda yaxshi jamoalar edi, lekin men ularga javob bermadim. Chunki Yevropada o‘ynashni istayman. "Ufa"ga esa aynan men uchun tramplin vazifasini o‘tashi mumkin.

Orzum? O‘zbekiston terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etish. Butun butun boshli o‘zbek xalqi istaydi. Nasib qilsa, Qatardagi JCHga boramiz. Shuningdek, "Manchester Yunayted", "Yuventus" yoki "Real" safida o‘ynashni istayman. Nima uchun buning imkoni bo‘lmasligi kerak?", — dedi o‘zbekistonlik futbolchi.
Manba: football.kulichki.net

108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *