Goal24.uz » O'zbekiston » Oleg Zoteyev Janubiy Koreya klubiga o‘tdi

Oleg Zoteyev Janubiy Koreya klubiga o‘tdi

Автор: admin

Toshkentning «Lokomotiv» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Oleg Zoteyev faoliyatida ilk bor legionerga aylandi.
30 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Janubiy Koreya Key-liga-2 ishtirokchisi «Chonnam Dregonz» klubi bilan shartnoma imzoladi. Kvanyan shahri jamoasi rasmiy saytida yozilishicha, pandemiya davrida Zoteyevning Janubiy Koreyagacha yetib kelishi oson bo‘lmagan. Futbolchi ikki haftalik karantinda bo‘lgach, bugun klub tomonidan rasman tanishtirildi. 
«Koreyaga kelganimdan xursandman. Ancha vaqtdan buyon Janubiy Koreya chempionatini kuzatardim. Bu ligada menga begona bo‘lmagan o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishmoqda. Jamoaga tezroq moslashishga va klubimga maqsadlari sari yordam berishga bor imkoniyatimni ishga solaman», - deya Oleg Zoteyevning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, 1990 yilda tug‘ilgan Oleg Zoteyev faoliyati davomida «Paxtakor», «Olmaliq», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublarida to‘p surgan. «Chonnam Dregonz» klubi hozirda Key-liga-2 turnir jadvalida 7 o‘yindan keyin 10 ochko jamg‘arib, 6-o‘rindan joy olib turibdi.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *