Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu «Lechche»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

Ronaldu «Lechche»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 28-turi doirasidagi «Lechche»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, deya yozmoqda Calciomercato.com.
Manbaning xabar berishicha, «Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri portugaliyalik futbolchining sport formasini tezroq tiklab olishi uchun 35 yoshli hujumchiga dam olish imkoniyatini bermoqchi. Ammo bu borada ahli yakuniy to‘xtamga kelingani yo‘q.
Ronaldu A Seriya joriy mavsumida Turin klubi safida 23 o‘yinda 22ta golga mualliflik qilgan. 
Avvalroq, bosh murabbiy Krishtianuning o‘yini haqida gapirib, uning tezroq avvalgi holatini tiklashi zarurligini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» – «Lechche» uchrashuvi 26 iyun kuni soat 00:45da boshlanadi.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *