Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ispaniya futbolida yana mojaro. «Real»ni hakamlar chempion qiladimi?

Ispaniya futbolida yana mojaro. «Real»ni hakamlar chempion qiladimi?

Автор: admin

«Sevilya» bilan durang «Barselona»ga juda qimmatga tushishi turgan gap edi, zero agar «Real» Sosedaddagi «adashi» bilan o‘yinda g‘alaba qozonsa, birinchi o‘ringa chiqib olardi. Ochkolar teng bo‘lganida, o‘zaro o‘yin asosiy o‘lchovga aylanishi e’tiborga olsak, «Real»ning mavsum oxirida peshqadamga aylanishi kataloniyaliklar uchun xavfli – endi vaziyat ularning qo‘lidan chiqib bo‘ldi.
Zidan shogirdlari qiyin bahsda g‘alaba qozonishdi, ammo bu o‘yindagi ba’zi shubhali vaziyatlar Ispaniya futbol olamida o‘ziga yarasha rezonansga sabab bo‘ldi.
Misol uchun, Pike. Sevilyadan keyin xuddi biz yuqorida aytgan fikrlarimizga o‘xshash mulohazalar aytgan bo‘lsa-da, uning gaplariga tagma’noni ham sezish qiyin emas: «Endi «Barselona»ga Primeroda birinchi o‘rinni olish qiyin bo‘ladi. So‘nggi voqealarga qarasak, «Real» endi ochko yo‘qotishini taxmin qilish qiyin»
Lekin agar yaxshiroq e’tibor berilsa, «Barselona» himoyachisi «oxirgi voqealar» deganda hakamlar korpusining Madridga xayrixohligiga sha’ma qilmoqda. Pikening fikrlarini «Barselona» prezidentligi uchun kurashgan Toni Freysh ham quvvatlamoqda. «Kimlargadir, oxirgi o‘n bir yildagi sakkiz chempionligimiz tinchlik bermayapti shekilli. Ispaniya bosslari VAR’ni firibgarlik quroliga aylantirib olishyapti», deya yanada og‘irroq gapirdi u.
Pike nimalarga e’tiroz qilmoqda?
«Barselona» futbolchisi «Real» o‘yinlarini diqqat bilan kuzatadi, shuning uchun tanaffusdan keyingi holatda hakamlar madridliklarga yordam berayotgandek tuyulmoqda: ba’zi ofsaydni ko‘rmay qolishadi yoki o‘ylab topishadi, gollar hisoblanmaydi, qizil kartochkali vaziyatlarni bee’tibor qoldirishadi va hokazo. 
«Eybar»ga qarshi uchrashuvda Gilermo Kuadro Fernandes Benzemaning ofsaydini ko‘rmay qoladi va hujumchi Toni Kroosning ajoyib golida ishtirok etadi. Madrid o‘yinning boshidayoq hisobda oldinga chiqib oladi. «Valensiya» bilan o‘yinda esa, hakam Xose Sanches Martines «Valensiya» hujumchisi Rodrigoning golini hisobga olmaydi – Maksi Gomes to‘pga tekkan deb baholab, ofsayd qayd etadi. 
Sosedaddagi o‘yinda esa, Xaver Estrada Fernandes rosa «haddidan oshdi», Vinisiusga qarshi ishlatilgan shubhali qo‘pollik penaltiga sabab bo‘ldi, Yanuzayning goli hisoblanmadi, ikkinchi golda esa, Benzema zarba berishdan oldin qo‘lini ishlatgandi.
Bularning hammasi Pikening qarashi.
Ispaniya matbuoti chetda turmayapti
Tabiiyki, har doimgidek, ispan matbuoti ikki lagerga bo‘lingan – Madrid va Kataloniya. Masalan, poytaxtda joylashgan Marca nashri so‘nggi o‘yindagi qarorlar haqida maqola chiqardi.
Sobiq hakam Anduxar Oliver aytadiki, «Yanuzayning goli hisobga olinmagani to‘g‘ri, chunki Mikel Merino ofsaydda turib, Kurtuaga xalaqit bergandi. Benzema yelkasi bilan o‘ynadi, Lorente esa, rostan ham Vinisiusga qarshi qoida buzgandi».
Tabiiyki, Sosedaddagilar uchun Oliverning fikrlari «bir tiyin».
«Hech qachon qanot hakamining bu qadar tez bayroq ko‘targanini ko‘rmaganman, bosh hakam esa, videoni ko‘rib o‘tirmasdan ham qaror chiqardi», deb hisoblaydi o‘sha epizod ishtirokchisi Merino. 
Hatto mezbonlarning rasmiy sayti ham tinch turmadi.
«Madrid ustidan g‘alaba qozonish doim qiyin. Ammo bugun umuman imkonsiz edi. Darvozamizga belgilangan shubhali penalti va hisoblanmagan gol bizni ochkosiz qoldirdi», deb yozildi o‘yin sharhida. 
Kataloniyaning Mundo Deportivo gazetasi esa, umuman, provakatsion muqova bilan chiqdi. «Real» ishtirok etgan o‘yinlardagi bahsli vaziyatlardan rasm berib, «Madridda ishlab chiqarilgan» deb yozib qo‘yishdi. Bu bilan «Real» faqat hakamning yordami bilan chempionlik sari odimlayotgani haqida xulosa qilingandek bo‘ldi.
Zidan va Ramos nima deydi?
San-Sebastyandagi qiyin g‘alabadan so‘ng, odatda o‘zini ancha xotirjam va diplomatik tutadigan Zidan ham jim turmadi.
«Jonli translyatsiyani ko‘rmadim, lekin takroriy vaziyatlar Vinisius vaziyatida penalti borligini, Benzema esa, ikkinchi golda qo‘li bilan o‘ynamaganini ko‘rsatdi. Tushunmayman, nega to‘g‘ri qarorlar bunday janjalni keltirib chiqarmoqda? Ba’zilar shu qadar hakam mavzusini ko‘tarishadiki, xuddi «Real» maydonda hech narsa qilmayotgandik. Xuddi «Real» hakamlarsiz g‘alaba qozona olmaydigandek tasavvur paydo qilinadi», deydi murabbiy.
Serxio Ramosning odamlarni yolg‘on to‘qishdan tiyilishga chaqirdi.
«Bu baqir-chaqirlar tabiiy. Chunki endi peshqadamga aylandik, ungacha hech kimning ishi yo‘q edi. Hakamlar faqat bir tomon foydasiga qaror chiqaradi, deb o‘ylamayman. Go‘yoki, biz peshqadam bo‘lib turganimiz uchun kimdandir minnatdor bo‘lishimiz kerakdek. Odamlar sal kamroq to‘qishsa bo‘lardi», deydi u.
Tabiiyki, hali Jerar Pike ham o‘z so‘zini aytadi.
La Ligada mavsum tugashiga 7 tur qolganda «Real» o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik hisobiga turnir jadvalini boshqarib turibdi. Bundan tashqari, keyingi o‘yinlarda «Barselona»ning raqiblari birmuncha qiyinroq bo‘ladi.
Umumiy raqiblar («Vilyarreal», «Alaves» va «Espanol») chiqarib tashlansa, «Barselona» «Selta», «Atletiko», «Valyadolid» va «Osasuna»ga qarshi o‘ynaydi. Madridliklarni esa, «Xetafe», «Atletik», «Granada» va «Leganes» kutib turibdi.
Endi raqiblarning noqulaylik tomonidan qarab ko‘ramiz. «Barselona» dastlab «Selta»ga safar qiladi – kataloniyaliklar Vigodagi oxirgi besh o‘yinda g‘alaba qozona olishmagan. «Atletiko» tushunarli, «Vilyarreal»ga safarlarda ham, oxirgi uchtasining ikkisida durang qayd etilgan. Bunday vaziyatda «Espanol» ham boshog‘rig‘iga aylanishi ham ma’lum.
«Real»ga faqat «Atletik» safari va «Vilyarreal» qiyinchilik tug‘dirsa kerak. Ikkinchi raqib bilan o‘yin Madridda o‘tsa-da, «sariqlar»ga qarshi so‘nggi 5 uy o‘yinida «Real» atigi 2 marta g‘alaba qozongan.
Kataloniya tarafni qiynayotgan eng muhim jihat – barcha o‘yinlarda yetakchilar ochko yo‘qotishmagan taqdirda ham, endi vaziyat «Real»ning qo‘lida.


144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *