Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Jasurbek Yaxshiboyev 2ta goli bilan «Energetik-BGU» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Jasurbek Yaxshiboyev 2ta goli bilan «Energetik-BGU» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Автор: admin

Belarus chempionatida 15-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 
«Energetik-BGU» o‘z maydonida «Slaviya»ni qabul qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Jasurbek Yaxshiboyev 2ta gol urib, shuncha golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada hamyurtimiz Belarus chempionatidagi gollari sonini 9taga yetkazib, to‘purarlar bahsida 1-o‘ringa chiqdi.
Bu natijadan so‘ng, «Energetik-BGU» 26 ochko bilan 3-o‘rinda, «Slaviya» esa 18 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Belarus chempionati
15-tur
Energetik-BGU – Slaviya 5:0 (1:0, 4:0)

26 iyun, «Gorodskoy» stadioni
Gollar: 1:0 – 4 Yaxshiboyev, 2:0 – 47 Tve, 3:0 – 58 Yaxshiboyev, 4:0 – 70 Sovpel, 5:0 – 90 Sovpel. 
Energetik-BGU – Sadovskiy, Mavatu, Yudchits (Girs, 56), Miroshnikov, Svirepa, Bakich, Nosko, Tve, Umarov (Sovpel, 51), Yaxshiboyev, Shkurdyuk.
Slaviya – Romanyuk, Rayevskiy, Malkevich (Tettex, 56), Timonyuk, Shevchenko (Anufriyev, 62), Juk, Narx (Slyusar, 37), Pantya, Kostrov, Nedashkovskiy, Melnikov.
Ogohlantirishlar: Kostrov (24), Yaxshiboyev (39).
Chetlatish: Bakich (26).


170   
Добавить комментарий
Ваше имя: *