Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Nasaf»dan ketma-ket uchinchi durang, «Buxoro» so‘nggi o‘rinni tark etdi

Superliga. «Nasaf»dan ketma-ket uchinchi durang, «Buxoro» so‘nggi o‘rinni tark etdi

Автор: admin

Superliga 6-turi doirasida Qarshida o‘tgan bahsda kutilmagan natija qayd etildi.
Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi «Nasaf» jamoasi Muhsin Muhammadiyev qo‘l ostidagi «Buxoro» klubini qabul qilib, ochko yo‘qotdi.
O‘yin davomida hisobni ochish uchun qator vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Shu bilan «Nasaf» ketma-ket 3 g‘alabadan keyin so‘nggi uch turda ketma-ket 3 o‘yinda ham durang qayd etdi.
Ushbu bahsdan keyin «Nasaf» 12 ochko bilan 3-o‘rinda bo‘lsa, «Buxoro» 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onadan 13-o‘ringa chiqib oldi.
Superliga. 6-tur
26 iyun, juma
«Nasaf» – «Buxoro» 0:0

Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Farruh Yansupov
«Nasaf»: 35. Abduvoxid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7. Dilshod Rahmatullayev, 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjabayev (19. Husain Norchayev, 70), 34. Sherzod Nasrullayev (15. Jo‘rabek Mannonov, 72), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
«Buxoro»: 91.Zafar Safoyev, 4.Mirjalol Jumayev, 5.Boburjon Amanov, 9.Jasur Hakimov, 16.Jasur Hasanov, 23.Behruz Shodmonov (7.Suhrob Ne’matov, 74), 26.Abror Xusinov, 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amonov, 60.Bobur Farhodov, 77.Izzat Abdullayev.


133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *