Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Sevilya» ketma-ket 4-o‘yinda durang qayd etdi

La Liga. «Sevilya» ketma-ket 4-o‘yinda durang qayd etdi

Автор: admin

Ispaniya La Ligasi 32-turiga start beruvchi bahsda «Sevilya» «Valyadolid»ni qabul qilib, yana ochko yo‘qotdi.
25-daqidada Olivas mehmonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 83-daqiqada Okampos 11 metrlik nuqtadan gol urib, jamoasiga durang taqdim etdi.
E’tiborlisi, «Sevilya» La Liga doirasidagi ketma-ket 4-o‘yinda ham murosa ko‘chasini tanladi. Oldinroq, Andalusiya klubi «Levante» (1:1), «Barselona» (0:0), «Vilyarreal» (2:2) bilan ham durang qayd etgandi.
«Sevilya» bu o‘yindan keyin turnir jadvalida 4-o‘rinda qoldi. Lopetegi jamoasi hisobida 54 ochko bor. «Valyadolid» esa 36 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 32-tur
Sevilya – Valyadolid 1:1
Gollar:
0:1 – 25 Olivas, 1:1 – 83, penalti Okampos.
Sevilya – Vatslik, Navas, Kunde, Eskudero, Diyego Karlos, Banega, Vaskes (En-Nesiri, 66), Fernando (Jordan, 46), Okampos (Roni Lopesh, 90), de Yong (Suso, 46), Munir.
Valyadolid – Masip, Raul Garsiya, Olivas, Sanches, Antonito, Ben-Arfa (Alkaras, 59), San-Emeterio, Ervias (Plano, 76), Michel (Unal, 75), Valdo Rubio (Nacho Martines, 69), de la Fuente (Kike Peres, 76).


121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *