Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin


Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Nikola “Yuventus”da?!
 
Italiyaning “Fiorentina” klubi himoyachisi Nikola Milenkovich yozda Turinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
TMWnashrining ma’lum qilishicha, markaziy himoyachi bilan “Yuventus” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Klub o‘z futbolchisini 45 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli serb bilan shuningdek “Milan”, “Napoli” va PSJ jamoalari ham qiziqib qolgan.
“Arsenal”dan ajoyib taklif

Londonning “Arsenal” jamoasi “Chelsi” vingeri Villianga ajoyib shartnoma taklif etdi.
"Daily Mail" nashrining ma’lum qilishicha, “kononirlar” yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan braziliyalikka haftasiga 250 ming yevro maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif etdi. Hozircha, futbolchi “Chelsi” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Villian bu mavsumda APLning 30 ta o‘yinida maydonga tushdi va 6 ta gol+6 ta assistga mualliflik qildi.
Kepadan “qutulishning” iloji bor
 
Londonning “Chelsi” jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalaga yozda Ispaniyaga qaytib ketishi mumkin.
"Marca" nashrining ma’lum qilishicha, 25 yoshli darvozabon bilan “Valensiya” klubi shartnoma imzolash niyatida. “Ko‘rshapalaklar” kipperni ikki mavsumga ijaraga olishni va ijara so‘nggida darvozabonni sotib olishni reja qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” 2018-yilda Kepa uchun “Atletik Bilbao”ga 80 million yevro to‘lab bergan edi.
Donnarumma nima qilmoqchi?
 
Milanning “Milan” jamoasi darvozaboni Janluijji Donnarumma kelajagi borasida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, darvozabon bir nechta grandlar nishonida turganiga qaramay, faoliyatini “Milan”da davom ettirmoqchi.
“Le Gazzeta Della Sport”ning ma’lum qilishicha, 21 yoshli darvozabon tez orada “rossoneri”lar bilan shartnomani 4 yilga uzaytiradi. Manbaning ma’lum qilishicha, agar shartnoma imzolansa, italiyalik yigitchaning yillik maoshi 6 milliondan 7,5 milliongacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, bu shartnoma kelasi haftada imzolanishi mumkin. Futbolchining agenti Mino Rayola ayni damda rahbariyat bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Xames Italiyada?!
 
Madridnning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges yozda “A seriya” klubiga o‘tishi mumkin.
AS nashrining ma’lum qilishicha, kolumbiyalik futbolchi bilan “Napoli” shartnoma imzolashga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” Rodriges borasida qaror qabul qilgan va uni birinchi imkon bo‘lishi bilan sotib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetishi ko‘zda tutilgan futbolchi bilan “Atletiko Madrid” ham jiddiy qiziqib qolgan.

84     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *