Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten: «Real» hali ochko yo‘qotishiga shubham yo‘q»

Seten: «Real» hali ochko yo‘qotishiga shubham yo‘q»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten La Liga turnir jadvalidagi holat haqida gapirdi.
«Chempionat yakunigacha 7ta o‘yin qoldi va bahslarning hammasida g‘alaba qozonish juda ham mushkul. Karantindagi keyingi o‘zaro kurashimizda «Real» hali ochko yo‘qotganicha yo‘q. Ammo futbol barchani ajablantirishga qodir o‘yin. To‘g‘ri, Madrid klubi ham biz kabi juda yaxshi sport formasiga kirib olgan. Shunga qaramay, «Real» hali xato qilib ochko yo‘qotishiga hech qanday shubham yo‘q», - deya Setenning so‘zlarini keltirmoqda Evening Standard.
La Liga 31-turidan keyin «Real» 68 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona»da ham shuncha ochko bo‘lib, klub o‘zaro o‘yindagi natija tufayli 2-o‘rindan joy olgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» navbatdagi turda bugun, 27 iyun kuni safarda «Selta»ga qarshi maydonga tushsa, «Real» ertaga, 28 iyun kuni Kataloniyaning yana bir klubi «Espanol» bilan kuch sinashadi.


98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *