Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Arteta: «Liverpul» bizni ruhlantiradi, ular ham 4 yil oldin qiyin vaziyatda edilar»

Arteta: «Liverpul» bizni ruhlantiradi, ular ham 4 yil oldin qiyin vaziyatda edilar»

Автор: admin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Liverpul» jamoasining chempionligi haqida gapirib o‘tdi.
«Ular so‘nggi mavsumlarda katta o‘sishga erishdilar. O‘ylaymanki, «Liverpul» o‘ziga xos bo‘lgan klub falsafasini, yo‘nalishini yarata oldi. Jamoa o‘z an’analarini muxlislarga singdirgan.
Ular aniq falsafaga asoslangan o‘yin uslubiga ega bo‘lib, rivojlanishdi. Jamoa aynan o‘sha falsafa asosida kuchli ijrochilarni tanlagan. Murabbiydan tortib, futbolchilargacha aynan «Liverpul» uslubiga mos. Chempionlik bilan ularni tabriklayman.
Ha, ular «Arsenal»ni ruhlantirishadi. Sababi «Liverpul» ham 4 yil oldin qiyin vaziyatda edi. Keyin esa navbati bilan to‘g‘ri qarorlar qabul qilinib, klub bugungi darajasiga o‘sa oldi», – deydi Arteta Goal nashriga.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *