Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Vulverhempton» «MYU»dan o‘tib, 5-o‘ringa chiqib oldi

APL. «Vulverhempton» «MYU»dan o‘tib, 5-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 32-turiga start bergan «Aston Villa» – «Vulverhempton» o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida Dendonker tomonidan kiritilgan gol «bo‘rilar»ga g‘alaba keltirdi.
Birmingemdagi uchrashuvda o‘z hisobiga uch ochko yozib qo‘ygan Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari turnir jadvalidagi ochkolari sonini 52taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. Zaxirasida bitta o‘yini bor «MYU» 49 ochko bilan 6-o‘ringa tushdi.
«Aston Villa» esa ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin 27 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.
APL. 32-tur
Aston Villa – Vulverhempton 0:1

Gol: 0:1 – 62 Dendonker. 
Aston Villa – Nyuland, Xoz, Targett (Teylor, 11), Konsa (Al-Muhammadi, 60), Mingz, Xurixeyn (Makginn, 60), Duglas Luis, Nakamba (Trezege, 82), Grilish, Samatta, Devis (El-Gazi, 82).
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Doerti, Boli, Koudi, Kastro, Moutinyu, Saiss, Dendonker, Ruben Nevesh, Ximenes (Netu, 85), Diogu Jota (Traore, 60).


168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *