Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» faxriysi medalini sotishga majbur bo‘ldi

«Manchester Yunayted» faxriysi medalini sotishga majbur bo‘ldi

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning 55 yoshli faxriysi Norman Uaytsayd Angliya Kubogidagi g‘alaba uchun qo‘lga kiritgan medali va boshqa esdalik buyumlarini sotishga majbur bo‘ldi, deb yozadi The Sun.
Uaytsayd 1985 yilda Angliya Kubogida g‘alaba qozongan. 26 yoshida og‘ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U «Manchester Yunayted» tarkibida 7 yil to‘p tepib, 200dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushgan. 
Sobiq futbolchi pulga muhtojligi sababli sovrinlarini sotishga majbur bo‘lganini aytmoqda. Angliya Kubogi g‘olibligi uchun berilgan medal 15 ming funt boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yilgan.
Qayd qilish joizki, Uaytsayd «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yosh sardor hisoblanadi.



125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *