Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Metallurg» o‘z maydonida «Navbahor»ga yutqazdi

Superliga. «Metallurg» o‘z maydonida «Navbahor»ga yutqazdi

Автор: admin


Superligada 6-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Metallurg» Bekobodda «Navbahor»ni qabul qildi va 1:3 hisobida yutqazdi. Mezbonlarning yagona goli Stanislav Andreyev hisobiga yozildi. Mehmonlarning gollariga Azizbek Turg‘unboyev (2) va Ruslan Bolov mualliflik qilishdi.
Bu natijadan so‘ng, «Navbahor» 11 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi, «Metallurg» esa 10 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
 
Superliga, 6-tur
27 iyun, Bekobod, «Metallurg» stadioni, muxlislarsiz
«METALLURG» (Bekobod) – «NAVBAHOR» (Namangan) 1:3
Gollar: Stanislav Andreyev (20 pen) - Azizbek Turg‘unboyev (9, 40), Ruslan Bolov (74)

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Sanjar Nazarov.
Metallurg: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev (Shahzodbek G‘ofurbekov 69), Salamat Quttibayev, Shahzodbek Ubaydullayev (Murodbek Bobojonov 69), Abrorbek Toshqo‘ziyev (Abdurahmon Abdulhaqov 60), Kamoliddin Tojiyev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Akbarjon Ismatullayev (Zohid Abdullayev 60), Yevgeniy Chumak. 
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov (Pavel Golishev 80), Azizbek Turg‘unboyev,  Islombek Isoqjonov (Abbosjon G‘ulomov 60), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Javlon Ibrohimov 73), Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsiddinov, Zabihillo O‘rinboyev (Ruslan Bolov 73).
Ogohlantirishlar: Azizbek Turg‘unboyev (32), Azimjon Ahmedov (63)


Теги: Superliga
44     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *