Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. OKMK «Mash’al»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa chiqdi

Superliga. OKMK «Mash’al»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa chiqdi

Автор: admin


Superliga 6-turining so‘nggi o‘yinida OKMK jamoasi Olmaliqda «Mash’al» klubini qabul qildi.
Bahrom Abdurahimov tomonidan 71-daqiqada kiritilgan yagona gol OKMK jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi – 1:0. 
Mavsumdagi 4-g‘alabasidan keyin Mirjalol Qosimov jamoasi ochkolari sonini 14taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘rindan 2-o‘ringa chiqib oldi. «Mash’al» esa 6 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.
Superliga. 6-tur. 27 iyun
OKMK – «Mash’al» - 1:0

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Sultonmurod Ulfatov, Sardor Nishonboyev, To‘rabek Suyunov
Gol: Bahrom Abdurahimov 71
OKMK: 32.Suhrob Sultonov - 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (10.Shahzod Nurmatov, 72) - 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abduraximov (8.Hojimat Erkinov, 72), 77.Arslonmirat Amanov - 9.Zafar Polvonov.
«Mash’al»: 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 6.Sirojiddin Rahmatullayev, 9.Nikita Pavlenko (99.Jahongirbek Abdusalomov, 87), 10.Sherzod Temirov, 11.Mo‘minjon Meliyev (7.Ifeani Ifeani, 76), 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov, 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurillayev, 33.Denis Vasilev (70.Didar Durdiyev, 87).
6-turdan keyingi turnir jadvali:



Теги: Superliga
47     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *