Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. Oston O‘runov jamoasi mehmonda “Spartak”dan ochko tortib oldi

RPL. Oston O‘runov jamoasi mehmonda “Spartak”dan ochko tortib oldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan bahsda Moskvaning “Spartak” klubi 27-iyun, shanba kuni “Ufa”ni qabul qildi.
Moskvada kechgan bahsda kurash asosan maydon markazida kechdi va darvozalarga to‘p kiritilmadi. Jamoalar murosa ko‘chasini tanlab, bir ochkoda bo‘lishib oldi.
Ushbu bahsda “Ufa” safida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov maydonda 81 daqiqa harakat qildi.
Mazkur natijadan keyin “Spartak” 32 taga yetkazib 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Ufa” 31 ochko bilan 7-pog‘onada joylashgan.

RPL

24-tur bahsi
27-iyun, shanba

“Spartak” – “Ufa” 0:0

“Spartak”: Maksimenko, Jigo, Bakayev (Umyarov, 64) Ponse (Mirzov, 84), Larsson (Sobolev, 63) Kral, Yeshenko (Golosov, 84), Maslov, Zobnin (Martikesov, 90+3), Gaponov, Rasskazov
“Ufa”: Belenov, Yokich, Tabidze, Pusko, Nedelcharu, Suxov (Trentev, 90+5), Karp, Fomin, O‘runov ( Giorgobiani, 81), Agalarov (Bizyak, 46) Kozlov (Golubev, 46)
Ogohlantirishlar: Nedelcharu 16, Maslov 43, Tabidze 44, Kral 80.

188   
Добавить комментарий
Ваше имя: *