Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Rostov»da g‘alaba, «Ufa»da durang

RPL. «Rostov»da g‘alaba, «Ufa»da durang

Автор: admin

Rossiya Premer-ligasi 24-turi doirasida «Rostov» o‘z maydonida Tulaning «Arsenal» jamoasini mag‘lub etdi.
O‘yinning 1-daqiqasidayoq Pavel Mamayev hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Eldor Shomurodovning ajoyib uzatmasini Aleksey Ionov golga aylantirdi.
58-daqiqada Lutsenko hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, yakunda mezbonlar qiyin g‘alabaga erishishdi. Shu kuni Eldor jamoasi safida 52-daqiqaga qadar to‘p surdi.
Yana bir hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan «Ufa» esa Moskvada «Spartak» bilan durang qayd etdi – 0:0. O‘yinda hamyurtimiz 90 daqiqa to‘p surgan.
«Rostov» 24-turdan keyin 38 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Ufa» 31 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan. 
Rossiya Premer-ligasi. 24-tur
Rostov – Arsenal Tula 2:1
Gollar:
1:0 – 1 Mamayev, 2:0 – 17 Ionov, 2:1 – 58 Lutsenko. 
Rostov – Pesyakov, Osipenko, Chernov, Chistyakov, Kozlov, Saplinov (Bayramyan, 67), Glebov, Mamayev, Ionov, Zaynutdinov, Shomurodov (Proshlyakov, 52).
Arsenal Tula – Lodgin, Grigalava, Xagush (Kovalev, 67), Alvares (Volodko, 77), Denisov, Kostadinov, Lesovoy, Chaushich (Kangva, 67), Lomovitskiy (Gorbatenko, 59), Kangva (Banda, 78), Lutsenko.
Spartak – Ufa 0:0 
Spartak – Maksimenko, Maslov, Jigo, Gaponov, Kral, Rasskazov, Yeenko (Golosov, 84), Zobnin (Markitesov, 90), Bakayev (Umarov, 63), Ponse (Mirzov, 84), Larsson (Sobolev, 63).
Ufa – Belenov, Suxov (Terentev, 90), Nedelcharu, Putsko, Tabidze, Yokich, Fomin, O‘runov (Giorgobiani, 81; Yemelyanov, 90), Karp, Kozlov (Golubev, 46), Agalarov (Bizyak, 46).


147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *