Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Angliya kubogi. Maguayr 118-daqiqada gol urib, «MYU»ni yarimfinalga olib chiqdi

Angliya kubogi. Maguayr 118-daqiqada gol urib, «MYU»ni yarimfinalga olib chiqdi

Автор: admin

Angliya kubogi chorak finali doirasidagi dastlabki uchrashuv «Norvich» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida kechdi.
Sulsher kubok uchrashuvida jangovar tarkibni tushirdi deyish qiyin. Shunga qaramay, uchrashuvning 51-daqiqasida Igalo «MYU»ni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 75-daqiqada Kentuell muvozanatni tikladi – 1:1.
Uchrashuvning 89-daqiqasida Igaloga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun raqib himoyachisi maydondan chetlatilgan bo‘lsa-da, asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi.
Natijada o‘yin qo‘shimchi bo‘limlargacha davom etdi. Uchrashuv oxirigacha mehmonlar o‘yinda katta ustunlik qilgan bo‘lishsa-da, faqatgina 118-daqiqaga kelib Maguayrning goli «MYU»ga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi - 1:2.
Angliya kubogi. 1/4 final. 27 iyun
Norvich – Manchester Yunayted 1:2
Gollar
: 0:1 – 51 Igalo, 1:1 – 75 Kentuell, 1:2 – 118 Maguayr 
Norvich – Krul, Godfri, Kloze, Aarons, Lyuis, Kentuell (Tribull, 90), Tetti, Maklin, Buendia, Rupp (Ernandes, 62), Pukki (Drmich, 71).
Manchester Yunayted – Romero, Maguayr, Shou, Diogu Dalot (Uilyams, 63), Bayi (Marsiyal, 90), Lingard (Reshford, 63), Maktomini (Matich, 78), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 78), Mata (Grinvud, 63), Igalo.
Chetlatish: Kloze (89).


148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *