Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin


Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Kavani uchun kurash avjida
 
PSJ jamoasi hujumchisi Edinson Kavani yozda grand klublardan biriga o‘tishi mumkin.
Bu haqida bir nechta Italiya nashrlari ma’lum qilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Rimning “Roma” klubi futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan va uning mijoziga 2 yillik shartnoma taklif etgan. Hozircha urugvaylik futbolchining javobi nomalum
Eslatib o‘tamiz, Kavani va PSJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma yozda o‘z yakuniga yetadi.
“Bavariya” Tiagoni sotmaydi
 
Myunhennign “Bavariya” jamoasi ispaniyalik futbolchini yana bir mavsum jamoada olib qolishga qaror qildi.
“Kicker” nashrining ma’lum qilishicha, “Bavariya” Alkantara uchun biror bir klub 70 million taklif qilsagina xayrlashishi mumkin. Boshqachasiga u kamida yana bir mavsum Myunhenda qolishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, Tiago uchun asosiy da’vogar yaqindagina o‘zining chempionligini nishonlagan “Liverpul” bo‘lib turibdi.
“Milan” “Chelsi”ga murojaat qildi

Milanning “Milan” jamoasi “Chelsi” yarim himoyachisi Temi Bakayoko borasida London klubiga taklif jo‘natdi.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” ayni damda “Monako” sharafini himoya qilayotgan futbolchini 20-25 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, “Milan” fransiyalik futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olish uchun unga yiliga 4 million yevro maosh ko‘rsatilgan 4 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Freddan kutilmagan yurish
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Fred rahbariyatdan yangi shartnoma imzolashni talab qilmoqda.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi maoshi kattalashgan 3 yillik shartnoma imzolash niyatida.
Manbaning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” Fred bilan shartnoma imzolaydi, biroq qachon ekanligi rasman ma’lum qilinmagan.
“Tulkilar” ishga kirishdi
 
Ispaniyaning “Betis” klubi yarim himoyachisi Vilyam Karvalyu yozda APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqida Marca nashri ma’lumot bermoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi bilan “Lester” jiddiy qiziqib qolgan va uning transferi uchun 25 million yevro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Betis” 2018-yilda Karvalyuni 16 million yevro evaziga sotib olgan edi.

92     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *