Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares: «Real»ning ham xatosini kutishga majburmiz»

Suares: «Real»ning ham xatosini kutishga majburmiz»

Автор: admin

Kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares «Barselona»ning «Selta» (2:2) bilan o‘yinda ochko yo‘qotganidan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Natijadan xafamiz. La Liga g‘olibligi uchun kurashda muhim bo‘lgan ikki ochkoni qo‘ldan chiqardik. Hammasi o‘z qo‘limizda edi, biroq so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Endi «Real» ham bizga o‘xshab ochko yo‘qotishini kutishga majburmiz. Biz uchun ham, «Real» uchun ham eng og‘ir o‘yinlar hali oldinda.
«Selta»ga qarshi safar o‘yini juda qiyin kechdi. «Vilyarreal»ga qarshi kechadigan keyingi uchrashuv ham, kelasi haftadagi «Atletiko» bilan bahs ham yanada qiyinroq o‘tadi. Xatolarimizni to‘g‘irlashimiz shart», - deydi «Barsa»ning urugvaylik hujumchisi.
«Real» tur doirasidagi uchrashuvni bugun, 28 iyun kuni Kataloniyada «Espanol»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsumda La Liga doirasidagi 22 o‘yinda 13ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *