Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola «Liverpul» bilan o‘yin haqida: «Chempionlik yo‘lagini tashkil qilamiz, ular bunga munosib»

Gvardiola «Liverpul» bilan o‘yin haqida: «Chempionlik yo‘lagini tashkil qilamiz, ular bunga munosib»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 32-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘yindan oldin g‘oliblar uchun chempionlik yo‘lagini tashkil etilishini ma’lum qildi.
«Albatta, biz chempionlik yo‘lagini tashkil qilamiz. Biz har doim «Liverpul»ni katta xursandchilik bilan qabul qilamiz. Ularga chempionlik yo‘lagini tashkil qilib, qarsaklar bilan kutib olamiz. Bu jamoa bunga munosib», - deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» – «Liverpul» uchrashuvi 2 iyul kuni «Etihad» stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» 1990 yildan buyon 30 yil ichida ilk marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.


121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *