Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Hakimining «Inter»ga o‘tish transfer shartlari ma’lum bo‘ldi

Hakimining «Inter»ga o‘tish transfer shartlari ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Huquqiy jihatdan «Real»ga tegishli bo‘lgan Ashraf Hakimining Dortmundning «Borussiya» klubidagi ijara muddati yakuniga yetdi.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, marokashlik hujumkor himoyachi yangi mavsumda «Real»ga qaytmaydi. U mavsumni Italiyaning «Inter» klubi safiga boshlashi kutilmoqda. Milan klubi Ashraf Hakimi transferi uchun «Real»ga 40 million yevro hamda 5 million bonus to‘lashi aytilmoqda. Transfer shartlariga ko‘ra, Madrid klubi 21 yoshli himoyachini qayta sotib olish bandini kirita olmaydi. 
Hakimi so‘nggi ikki mavsumda «Borussiya» safida ijara asosiyda to‘p surgan. Himoyachi «Inter» bilan 5 yillik shartnoma imzolab, yillik 5 million maosh olishi kutilmoqda. Bu «Real»dagi maoshidan sezilarli ko‘p.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *