Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Artur tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turinga yetib keldi

Artur tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turinga yetib keldi

Автор: admin

"Barselona" yarim himoyachisi Artur «Yuventus» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kecha kechasi Turinga yetib keldi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Manba braziliyalik futbolchining otasi va yuristi bilan aeroportdan chiqib kelayotgan videosini e’lon qildi. "Yuve" tez orada 23 yoshli futbolchining transferini e’lon qilishi kerak.

Avvalroq "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich teskari yo‘nalishda "Barselona"ga yo‘l olishi haqida ma’lumot tarqatilgan edi. Italiyaliklar "ko‘k-anorranglilar"ga 10-15 million yevro qo‘shimcha mablag‘ to‘lashi kutilmoqda.
Manba: soccernews.ru

95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *