Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ole-Gunnar Sulsher yana bir bor Angliya futboli tarixiga kirdi

Ole-Gunnar Sulsher yana bir bor Angliya futboli tarixiga kirdi

Автор: admin

Angliya Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Yunayted” “Norvich”ni (2:1) qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv davomida “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘z jamoasida oltita o‘zgarishni amalga oshirdi (beshtasi asosiy vaqtda, bittasi esa qo‘shimcha bo‘limda). Bunday holat Angliya futboli tarixida birinchi marta qayd etilishidir.
Ta’kidlash joiz, avvalroq Sulsherning o‘zi Angliya Premyer Ligasining bir uchrashuvida birdaniga beshta almashtirishga qo‘l urgan birinchi murabbiy sifatida tarixga kirgandi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq davom etgan tanaffusdan keyin FIFA jarohatlar va og‘ir yuklamalarning oldini olish maqsadida jamoalarga har bir o‘yinda beshtadan futbolchi almashtirishga ruxsat bergan.
Chorak finalning qolgan uch o‘yini 28-iyun, yakshanba kuni o‘tkaziladi. Undan “Sheffild Yunayted” — “Arsenal” (17:00), “Lester” — “Chelsi” (20:00) va “Nyukasl” — “Manchester Siti” (22:30) uchrashuvlari o‘rin olgan.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *