Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pyanich «Barselona» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning transfer summasi ma’lum

Pyanich «Barselona» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning transfer summasi ma’lum

Автор: admin

«Yuventus» yarimhimoyachisi Miralem Pyanich «Barselona» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda Sky Sports yozmoqda.
Manbada aytilishicha, Pyanich «Barselona» safiga qo‘shilish uchun Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kataloniya superklubi u uchun 60 million yevro to‘lashi aniq bo‘ldi. Shuningdek, uning o‘yiniga qarab Turin klubiga bonuslar to‘lanadi.
O‘z navbatida «Barselona»ning braziliyalik futbolchisi Artur ham Turinda bo‘lib turibdi. U «Yuventus» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Turinliklar Artur uchun «Barselona»ga 75 million yevro to‘lashi ma’lum bo‘lgan. Ya’ni, «Yuventus» Arturning transferi uchun «Barselona»ga Pyanich va yana 15 million yevro to‘laydi.
Internetda «Barselona» do‘konlarida Pyanichning 8-raqamli futbolkasi sotilayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘lgandi. «Barselona»da bu raqamda Artur o‘ynardi.


153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *