Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Manchester Siti» safarda «Aston Villa»ni tor-mor etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

APL. «Manchester Siti» safarda «Aston Villa»ni tor-mor etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasining 22-turida «Manchester Siti» mehmonda «Aston Villa»ga qarshi bahs yuritib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Shaharliklar» safida Aguero xet-trikka, Marez dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Jezus hisobiga yozildi.
G‘alabadan so‘ng Gvardiola shogirdlari ochkolarini 47taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Aston Villa» esa 21 ochko bilan 18-o‘ringa tushib ketdi.
APL, 22-tur
Aston Villa – Manchester Siti 1:6
12 yanvar, «Villa Park»

Gollar: El-G‘ozi (90+1, penalti) – Marez (18, 24), Aguero (28, 57, 81), Jezus (45).
Aston Villa: Nyuland, Al-Muhammadi, Mingz, Hoz, Teylor, Huriheyn (Trezege, 71), Drinkuoter (Lensberi, 79), El-G‘ozi, Duglas Luis (Nakamba, 65), Grilish, Konsa. 
Manchester Siti: Ederson, Mendi, Kanselu, Stouns, de Bryuyne (Foden, 63), Rodri (Gyundogan, 71), Silva, Fernandino (Otamendi, 63), Marez, Aguero, Jezus.
Ogohlantirishlar: Fernandino (50), El-Gazi (53), Grilish (80).


167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *