Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston Kubogi. “Dinamo” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Oqtepa”ga yutqazdi, “Neftchi” esa “Sho‘rtan” oldida ojiz qoldi

O‘zbekiston Kubogi. “Dinamo” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Oqtepa”ga yutqazdi, “Neftchi” esa “Sho‘rtan” oldida ojiz qoldi

Автор: admin


28-iyun, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Coca Cola O‘zbekiston Kubogi ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qilgan bo‘lsa, Toshkentning “Oqtepa”si Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘ldi.
G‘uzorda kechgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Sho‘rtan” safida gollarga Jasur Xolto‘rayev va Shokir Yo‘ldoshev mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Otabek Zokirov o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Samarqanddagi bahs esa gollarga boy bo‘ldi. Uchrashuvda jami 7 ta to‘p kiritildi. Toshkentliklar safida Ibrohim Tomiva 23, 38 va 64-daqiqalardagi gollari bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada esa mezbonlar hisobni qisqartirdi – 1:3. Shundan so‘ng “Oqtepa” yana bir bor “Dinamo” darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Samarqandliklar esa ushbu gollarga 81 va 90+2-daqiqalarda javob qaytardi. Biroq hisobni tenglashtirish uchun “Dinamo”ga vaqt kamlik qildi.
Mazkur g‘alabalardan keyin “Sho‘rtan” va “Oqtepa” jamoalari Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar:
Сoсa Сola O‘zbekston Kubogi
Ikkinchi saralash bosqichi
28-iyun, yakshanba

“Sho‘rtan” — “Neftchi” 2:1

Gollar: 0:1 – 31, penalti Zokirov, 1:1 – 60 Xolto‘rayev, 2:1 – 71 Yo‘ldoshev.
“Sho‘rtan”: 25.Mirzohid Mamatxonov, 2.Nurali Padarov, 7.Olimjon Karimov, 8.Shamsiddin Sa’dullayev, 10.Ma’ruf Murodov (27.Islom Shodmonov, 62), 11.Jasur Xolto‘rayev, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 17.Elyor Omonjonov (28.Sanjar To‘raqulov, 40), 18.Samandar Shodmonov, 22.Sardor Sa’dullayev, 29.Jahongir Qurbonboyev (9.Xudoyorxon Sa’dullayev, 62).
“Neftchi“: 35.Sherzodbek Abduraimov, 3.Timur Sultonov, 5.Eldor Ergashev, 7.Mansur Saidov (77.Sanjarbek Zokirov, 68), 8.Islom Karimov (17.Dostonbek Toshmatov, 68), 9.Otabek Zokirov, 10.Islomjon Toshpo‘latov, 13.Jamshid Qobulov, 20.Dilyorbek Irmatov, 70.Doston Bobojonov (23.Idris Bikmaykin, 60), 88.Ja’far Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Xolto‘rayev (8), Toshpo‘latov (49).
Chetlatish: Xolto‘rayev (75).

“Dinamo” — “Oqtepa” 3:4

Gollar: 0:1 – 23 Tomiva, 0:2 – 37 Tomiva, 0:3 – 63 Tomiva, 1:3 – 75 Shobirov, 1:4 – 78 Ochilov, 2:4 – 80 Alamxonov, 3:4 – 90+1 Shobirov.
“Dinamo”: 1.Shohruh Eshbo‘tayev, 4.Hakimxon Alamxonov, 5.Avaz Agaliyev, 7.Jasur Azimov, 9.Nizom Norov (17.Sharafiddin Shobirov, 72), 10.Amirjon Safarov, 11.Damir Temirov (27.Azamat Allaniyazov, 46), 19.Muhammadqodir Rahimberganov (20.Shahboz Nuriddinov, 55), 23.Alisher Yusupov (44.Bunyod Isroilov, 72), 26.Komil Sharofuddinov (24.Jasurbek O‘rinov, 46), 34.Shohruh Abdurahmonov.
“Oqtepa”: 1.Erkin Jabborov, 2.Farruh Sodiqov, 4.Sergey Proxorov, 8.Jamshid Yusupov, 9.Sarvar Jumaniyozov, 10.Islomjon Ismoilov, 11.Temur Hakimov (6.Sunnatulla Mamadaliyev, 51), 17.Ibrohim Tomiva (23.Vladislav Fomin, 68), 20.Samandar Ochilov, 25.Akbar Alisherov, 33.Maksimilian Fomin.
Ogohlantirishlar: Azimov (17), Alisherov (30), Sodiqov (62), O‘rinov (65).

38     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *