Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan 28-iyun, yakshanba kuni o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.
“Inter” klubi “Parma” maydoniga safar qilib, irodali g‘alabaga erishdi. 15-daqiqada maydon egalari Jervinyoning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. O‘yin yakunlanishi arafasida milanliklar ikkita to‘p kiritishga erishdi. 84-daqiqada Stefan de Vrey muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, Alessandro Bastoni g‘alaba golini urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 61 taga yetkazib olgan “Inter” musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
“Napoli” o‘z maydonida SPALni qabul qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Neapolliklar safida Dris Mertens, Xose Kalyexon va Amin Yunes o‘z hisoblari gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlarning yagona javob to‘piga Andrea Petanya muallif bo‘ldi.
28-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
A Seriya
28-tur bahslari
28-iyun, yakshanba

“Parma” — “Inter” 1:2

Gollar: 1:0 – 15 Jervinyo, 1:1 – 84 de Vrey, 1:2 – 87 Bastoni.
“Parma”: Sepe, Brunu Alvesh, Dermaku (Rejini, 77), Lorini (Darmian, 86), Galolo (Petssella, 46), Kutska, Kurtich, Kulusevski, Skotssarella (Ernani, 55), Jervinyo (Brugman, 86), Kornelius.
“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio, Godin (Bastoni, 73), de Vrey, Biragi (Yang, 69), Kandreva (Mozes, 69), Barella, Galyardini, Eriksen (Sanches, 69), Martines (Valero, 89), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Martines (27), Dermaku (30), Galyardini (49), Kutska (49), Godin (71), Kurtich (88), Mozes (90).
Chetlatishlar: Berni (68), Kutska (85).

“Napoli” — SPAL 3:1

Gollar: 1:0 – 4 Mertens, 1:1 – 29 Petanya, 2:1 – 36 Kalyexon, 3:1 – 78 Yunes.
“Napoli”: Meret, Hyusay, Maksimovich, Kulibali (Manolas, 80), Mariu Ruy (Gulyam, 80), Fabian Ruis, Lobotka, Elmaz, Kalyexon (Yunes, 77), Mertens (Milik, 64), Insinye (Losano, 65).
SPAL: Letitsa, Chonek, Vikari, Felipe, Murja (Dabo, 75), Espeto (D'Alessandro, 76), Missiroli, Retsa (Valoti, 46), Fares, Cherri, Petanya (Flokkari, 80).
Ogohlantirishlar: Valoti (73), Fares (79), Felipe (89).

“Sassuolo” — “Verona” 3:3

Gollar: 0:1 – 51 Lazovich, 1:1 – 53 Boga, 1:2 – 57 Stempinski, 1:3 – 68 Pessina, 2:3 – 77 Boga, 3:3 – 90 Rojerio.

“Sampdoriya” — “Bolonya” 1:2

Gollar: 0:1 – 72, penalti Barrou, 0:2 – 74 Orsolini, 1:2 – 88 Bonatssoli.

“Udineze” — “Atalanta” 2:3

Gollar: 0:1 – 8 Sapata, 1:1 – 31 Lazanya, 1:2 – 71 Muriel, 1:3 – 79 Muriel, 2:3 – 87 Lazanya.

208   
Добавить комментарий
Ваше имя: *