Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Mario Gomes faoliyatini yakunladi

Mario Gomes faoliyatini yakunladi

Автор: admin

«Shtutgart» klubi hujumchisi Mario Gomes futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Mavsum boshida «Shtutgart»ning Bundesligaga chiqishiga ishongan edim. Shu sababli bu klub futbolchilik faoliyatimdagi so‘nggi jamoa bo‘lishiga qaror qilgandim», – deydi Gomes Bild nashriga.
«Bavariya» va «Shtutgart» klublari 34 yoshli futbolchiga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Germaniyalik forvard asosiy yutuqlarni «Bavariya»da qo‘lga kiritgan. U Myunxen jamoasi safida 113ta golga mualliflik qilgan, 2012/13 yilgi mavsumda Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgandi.
Mario «Shtutgart» safida ham jami 110ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, faoliyati davomida «Fiorentina», «Beshiktosh» va «Volfsburg» klublarida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, Gomes 2010 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.


141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *