Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi yordamchi murabbiyning so‘zlariga quloq solmaganmidi?

Messi yordamchi murabbiyning so‘zlariga quloq solmaganmidi?

Автор: admin

Ispaniya matbuotining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Lionel Messi «Selta» klubiga qarshi uchrashuv mobaynida jamoa bosh murabbiyi Kike Setyenning yordamchisi Eder Sarabiyaning so‘zlariga quloq solmagan. Ushbu vaziyat futbolchilarga suv ichib olish uchun berilgan imkoniyat paytida yuzaga kelgan.
Sarabiya Messining yoniga kelib, uning o‘yinini o‘zgartirishga harakat qilgan, lekin, Leo uni eshitishni xohlamagan. Argentinalik futbolchi avvaliga murabbiyning so‘zlariga umuman e’tibor bermadi, keyin esa bir nechta qisqa javoblarga qaytardi.
Nashrning tasdiqlashicha, Sarabiyada xuddi shunday vaziyatda Luis Suares va Ivan Rakitichlar bilan ham sodir bo‘lgan.
Avvalroq, «Barselona» kiyinish xonasidagi vaziyat juda qaltis ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

119   
Добавить комментарий
Ваше имя: *