Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Karim Benzema Messi va Suares qayd etgan natijani takrorladi

Karim Benzema Messi va Suares qayd etgan natijani takrorladi

Автор: admin

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu 32 yoshli fransiyalik futbolchining barcha musobaqalardagi 10-golli uzatmasi bo‘ldi. Benzema shu tariqa La Liga futbolchilari orasida gol (22) va assistlar sonini 10 tadan oshirgan uchinchi o‘yinchiga aylandi.
Avvalroq bunday natijani “Barselona” hujumchilari —​ Lionel Messi (26+21) va Luis Suares (16+11) qayd etgandi.
Karim Benzema Ispaniya Primerasining ushbu mavsumida 31 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 7 assistga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *