Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Sayyoramizning eng qimmat tarkibi (ramziy jamoa)

Sayyoramizning eng qimmat tarkibi (ramziy jamoa)

Автор: admin

Goal24.uz transfermarket portalidagi ma’lumotlarga suyangan xolda, ayni damdagi dunyoning eng qimmat jamoasini tuzib chiqdi.
Darvozabon. Yan Oblak – 100 million yevro
“Atletiko” jamoasining so‘nggi yillardagi chinakam haloskori va qahramoni. Sloveniyalik darvozabon to‘p uchun chiqishda, chiziq ustida va yuqoridan kelayotgan zarbalarni bartaraf etishda mutloq tengsiz. Tan olish lozim, bugungi kunda u futbol olamidagi eng kuchli kipper.
O‘ng qanot himoyachisi. T. A. Arnold – 110 million yevro
Atigi bir necha yil ichida futbol yulduziga aylangan o‘spirin hali 21 yoshga to‘lgani yo‘q. Shunga qaramay, u klub muxlislarining yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Hatto Klopp ham uni : “Burchak to‘pining otasi” deb maqtab qo‘yadi. Umuman olganda, Trend ayni damda dunyoning o‘z pozitsiyasidagi eng qimmat futbolchisi sanaladi.
Chap qanot yarim himoyachisi. Endryu Robertson – 80 million yevro
Shotlandiyalik futbolchi “Liverpul” tarkibida har jabhada o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer qiymati haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Robertson “Liverpul” futbolkasini kiyganida, 15 million yevroga baholangan noma’lum fulbek edi. Endilikda, uni qo‘lga kiritish uchun 80-100 million yevrodan voz kechish talab etiladi.
Markaziy himoyachi. Rafayel Varan – 80 million yevro
U bugungi ro‘yxatimizdagi eng sovrindor futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. JCH, YECHL va boshqa ko‘plab musobaqalarda g‘olib chiqqan Varan ramziy jamoamiz himoyasi uchun eng zo‘r tanlov sanaladi.
Markaziy himoyachi. Virjil Van Deyk – 100 million yevro
Yaqindagina “Liverpul” bilan chempionlikni nishonlagan himoyachi 2019-yilda “oltin to‘p” uchun so‘nggi soniyalarga qadar da’vogarlik qildi, biroq yakunda Messi undan o‘zib ketdi. Shunga qaramay, Virjil o‘sishdan to‘xtab qolgani yo‘q.
Markaziy yarim himoyachi. Frenki De Yong – 90 million yevro
Aslida, Frenki 2 mavsum ilgari u qadar baland transfer qiymatiga ega emas edi. Uning “Barselona” jamoasiga kelib qo‘shilishi sababli narx keskin ko‘tarilib ketdi. Gollandiyalik futbolchi hali yosh va uning faoliyati oldinda. Agar u Kataloniya klubida asosiy tarkibda ko‘rinish berib tursa, tez orada 100 millionlik davonni ham zabt etishi hech gap emas.
Yarim himoyachi – Kevin De Bryuyne – 150 million yevro
Belgiyalik futbolchi bugungi kundagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri sanaladi. Universalliga va maydonni yaxshi ko‘ra olishi sababli Gvardiola uning aytrofida chinakam jangovar jamoani shakillantirishga muvaffaq bo‘ldi. Kevin “Siti” bilan birgalikda bir nechta chempionlikni qo‘lga kiritgach, transfermarket uning narxini 150 millionga ko‘tarib qo‘ydi.
Yarim himoyachi. Jeydon Sancho – 117 million yevro
Bugungi ro‘yxatimizdagi eng yoshi kichik futbolchi. Sancho Bundesligada o‘zini shu qadar yaxshi namoyish etdiki, endilikda uni barcha APL grandlari o‘z safida ko‘rish ishtiyoqida yonmoqda.
Hujumchi. Neymar – 160 million yevro
Braziliyalik futbolchi bir necha yil oldin 222 million yevro evaziga Parijga ko‘chib o‘tgan va butun sport olamini hayratda qoldirgan edi. Neymarning Parij klubi bilan o‘z rejalari mavjud edi, biroq barchasi barbod bo‘lib bormoqda. Messining soyasida qolishni istamgan futbolchi, bugungi kunda ham shu maummo bilan to‘qnash kelmoqda.
Hujumchi. Muhammad Salah – 150 million yevro
Bu nuqtada Leo Messi to‘p surishiga odatlanib qolganmiz, biroq endilikda argentinalik futbolchidan Salahning transfer narxi balandroq. Shu sababli, “Liverpul” futbolchisi hujumning o‘ng qanotidan joy oladi.
Hujumchi. Killian Mbappe – 200 million yevro
Ayni damdagi sayyoramizning eng qimmat futbolchisi hujum markazidan o‘rin olmoqda. Amaldagi JCH g‘olibi va tez orada “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar bo‘lishi taxmin qilanayotgan hujumchi hali juda yosh. U o‘sishdan to‘xtab qolmasa, kelajakda kutilgan marralarning barchasini zabt etishga qodir.


481   

Комментарии
(1)

  1. SALAH 13 января 2021 23:40
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *