Goal24.uz » Jahon » Argentinalik murabbiy BAA klubidan bitta o‘yin o‘tkazmasdan ishdan bo‘shatildi. Klub unga 1,5 mln dollar tovon puli to‘ladi

Argentinalik murabbiy BAA klubidan bitta o‘yin o‘tkazmasdan ishdan bo‘shatildi. Klub unga 1,5 mln dollar tovon puli to‘ladi

Автор: admin

Argentinalik murabbiy Rodolfo Arruabarrena Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” futbol klubidan muddatidan oldin bo‘shatilgani sabab 1,5 million dollar tovon puli oldi. 44 yoshli mutaxassis jamoa murabbiyi sifatida birorta ham o‘yin o‘tkazmagandi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning mart oyida Arruabarrena BAAning boshqa bir klub — “Shabab Al-Ahli”ni tark etib, “Sharja” bilan shartnoma imzolagan. Biroq klub rahbariyat u bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan.
Rodolfo murabbiylik faoliyatini 2011-yilda boshlagan. U yuqorida nomlari keltirilgan jamoalardan tashqari, “Nasional”, “Boka Xuniors”, “Al-Vasl”, va “Ar-Rayyan” klublarini boshqargan.
Ma’lumot uchun, “Sharja” klubida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov faoliyat olib boradi.
133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *